Denov tumanida "Turmush" profilaktik tadbiri doirasida o‘quv seminari tashkil etildi.
Respublikaning barcha mahallalarini jinoyatdan holi hududga aylantirish
maqsadida, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi o‘rtasida tasdiqlangan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolanib,
unga ko‘ra joriy yilning 5 iyul kunidan 5 avgust kuniga qadar keng qamrovli
"Turmush" profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.
Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan G.Elmurodova,
Denov tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi
Tayanch punkti profilaktika inspektori katta
leytenant F. Miraliev, Mahalla xotin-qizlar
faollari, va xotin-qizlar ishtirokida huquqiy
savodlikni oshirish maqsadida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘quv-seminarda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar mahkamasining 2024 yil 25 iyundagi “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan
xotin-qizlar va ularning farzandlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yo‘lga
qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 354-sonli qarorning mazmun mohiyati tushuntirilib
o‘tildi. Bundan tashqari hozirgi kunda davr muammosiga aylanib borayotgan ajrimlarni
oldini olish bo‘yicha ko‘p yillik hayotiy tajribaga ega bo‘lgan yoshi ulug‘ onaxonlarning
fikr-mulohazalari tinglandi.