25 Iyul 2024 yil 292

Denov tumanida "Turmush" profilaktik tadbiri doirasida, hududlarda nizoli oilalarning mummolarini o‘rganish va bartaraf etishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, oilaviy ajrimlar, o‘z joniga qasd qilish holatlari, erta turmush va erta tug‘ruqni oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanish ehtimoli bo‘lgan xotin-qizlarni aniqlash chora-tadbirlarini tizimli tashkil etish maqsadida, Denov tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Lutfullaeva, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan G. Elmurodova  tuman Tibbiyot bo‘limi bosh hamshirasi Z.Allamurodova, katta hamshiralar, potranaj hamshiralar, doya hamshiralar ishtirokida tuman Tibbiyot birlashmasida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida, yuqoridagi qayd etilgan masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tibbiy brigadalar faoliyatiga ham to‘xtalib, ular tomonidan xonadonlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda ishlashni kuchaytirish va tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilab olindi.

Text to speech