Denov tumanida “Turmush” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.
Denov tumani hokimligida o‘tkazilgan
yig‘ilishda, viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i
Z.Xidirova hamda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Eshimova,
tuman Tibbiyot birlashmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari
M.Tudaeva, tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
N.Lutfullaeva hamda mahalladagi xotin-qizlar faollari patronaj hamshiralari ishtirok
etdi.
Unda, oiladagi tibbiy madaniyatni
rivojlantirish ona va bola salomatligini ta’minlash yo‘lida bajarilishi lozim bo‘lgan
vazifalar, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida turli xildagi onkologik kasalliklarni
barvaqt aniqlash, onalar o‘limi, bolalar o‘limi holatlarini keskin kamaytirish,
tug‘ruqlar o‘rtasidagi intervallarga amal qilish hamda nogiron farzandlar tug‘ilishini
oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida fikrlar almashildi.
Shuningdek, hozirda tuman hududida
“xavfsiz hudud va mulkiy jinoyatlarni oldini olish” dolzarb oyligi o‘tkazilayotganligi
munosabati bilan barcha ushbu oylikda faol ishtirok etishlari bilan birga ushbu
yo‘nalishda mahalla hududlarida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishlari
uqtirildi.
Tadbir davomida mahalla-kuyda faol ishtirok etib, mahalladoshlariga
namuna bo‘lib kelayotgan keksa onaxonlarga viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila
va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova tomonidan "Tashakkurnoma"lar
topshirildi.