Denov tumanida o‘tkazilgan "Turmush" profilaktik tadbiri “Surxondaryo tajribasi” doirasida bo‘lib o‘tdi.
Respublikamizning barcha mahallalarini jinoyatdan holi hududga aylantirish
maqsadida joriy yilning 5 iyul kunidan 5 avgust kuniga qadar keng qamrovli "Turmush" profilaktik tadbiri hamda
Surxondaryo viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
boshqarmasi tashabbusi bilan “Surxondaryo tajribasi” sifatida viloyatning barcha
mahallalarini jinoyatdan holi hududga aylantirish ko‘zda tutilgan, shu maqsadida,
Surxondaryo viloyati hokimligi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan
joriy yilning 6 iyul kuni “Mahalla hududida, xotin-qizlar hamda oila-turmush doirasidagi jinoyatlarni oldini
olish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror imzolandi.
Ushbu qo‘shma qarorga asosan viloyat hududida 10 iyul kunidan 10 avgust
kuniga qadar viloyat miqiyosida keng qamrovli “Nizolashayotgan oilalarning muammolarini
bartaraf etish" keng qamrovli profilaktik tadbiri asosida, joylarda nizolashayotgan
oilalar bilan ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan sayyor qabullar tashkil
etilishi rejalashtirilgan.
Shu asosda navbatdagi “Sayyor qabul” Denov tumani hokimligida tashkil etildi.
Mazkur “Sayyor qabul”da Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov hamda tuman Ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Xo‘jamqulov, tuman prokuraturasi mas’ullari hamda
boshqa mutasaddi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
“Sayyor
qabul”da “Bog‘i Eram”, “Istiqbol”, “Buyuk kelajak”, “Yoshlik”, “So‘fi Olloyor” mahallalarida
istiqomat qiluvchi 7 ta nizoli oilalarning muammolari o‘rganilib, aniqlangan muammolarning
4 tasi qabul davomida ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Ayrim ajrim yoqasiga
kelib qolgan oilalarning janjaliga barham berilib yarashtirilgan bo‘lsa, ba’zilariga
yarashish uchun qo‘shimcha muhlatlar berildi.