Denov tumanida tashkilotlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha "Tuman hokimi kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 15 iyul kuni Denov tumanidagi markaziy o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 aprel kunidagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, sportning futbol turi bo‘yicha “Tuman hokimi kubogi” uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tumandagi bo‘lim, idora hamda tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida futbol sport turini yanada ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tuman aholisining ijtimoiy faolligini oshirish va salomatligini mustahkamlash ko‘zda tutildi.
O‘tkazilgan musobaqada har bir jamoa tarkibida bir nafar jamoa rahbari hamda 18 nafar o‘yinchidan tashkil topgan 68 ta futbol jamolari shakllantirildi va ular o‘rtasida g‘oliblik uchun murosasiz to‘p surishdi.
Murosasiz kechgan musobaqaning final bosqichida Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining futbol jamoalari kuch sinashib, Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasining terma jamoasi 2-1 hisobida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi futbol jamoasini mag‘lub etib, 15 000 000 (o‘n besh million) so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritib, mutloq g‘olib bo‘lishdi.