Denov tumanida “Surxondaryo tajribasi” asosida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
Respublikamizning barcha mahallalarini
jinoyatdan holi hududga aylantirish maqsadga qaratilgan joriy yilning 5 iyul kunidan
5 avgust kuniga qadar keng qamrovli "Turmush" profilaktik tadbiri doirasida
“Surxondaryo tajribasi” sifatida viloyatning barcha mahallalarini jinoyatdan holi
hududga aylantirish maqsad qilingan.
Shu sababli Denov tumani Ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘.Xo‘jamqulov, tuman "Inson" ijtimoiy
xizmatlar ko‘rsatish markazi direktori E. Jumaev, tuman IIB Jamoat xavfsiziligi
xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori
kapitan G.Elmurodova, Ijtimoiy profilaktika katta inspektori mayor A.Murodov hamda
"mahalla yettiligi" faollari ishtirokida ma’muriy va fuqarolik sudlarida
nizolashayotgan oilalar bilan profilaktik suhbat o‘tkizilib, muammolari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida taraflarga o‘zaro kelishmovchiliklarini
tinch yo‘l bilan qonuniy tartibda hal etishlari yuzasidan profilaktik tushuntirish
ishlari olib borilib, tegishli tartibda huquqiy tushunchalar berildi.