8 Avgust 2022 yil 361

Denov tumanida “Sog‘lom ayol-yangi O‘zbekiston tayanchi” shiori ostida Xotin-qizlar o‘rtasida sport tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 4 avgust kuni Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.A.Xidirova Denov tumaniga tashrifi davomida, tuman hokimligi, tuman IIO FMB, Tuman Mahalla jamoat fondi mas’ullari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi PF-87-sonli farmonida belgilangan uch bosqichli Milliy dastur ijrosini ta’minlash maqsadida:

Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish,  sport musobaqalari orqali ayollarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan “Sog‘lom ayol-yangi O‘zbekiston tayanchi” mavzusida, Denov tumanida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan  sportning voleybol va boshqa turlari bo‘yicha sport tadbirida ishtirok etdi.

Musodaqa yakunida, g‘oliblarga viloyat hokimi o‘rinbosari hamda tuman hokimligi, tuman kasaba uyushmasining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Sport musobaqalari tumandagi har bir mahallada manzilli tashkil etilishi belgilanib olindi.

Text to speech