Denov tumanida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.
Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov, Denov tuman
hokimi I.Abrorov, sektor rahbarlari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari
ishtirokida “Chorgul” mahallasida sodir etilgan jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.
Denov tumani IIB
boshlig‘i podpolkovnik Sh.Narmuratov sodir etilgan noxush jinoyatning kelib chiqish
sabablari va uning oqibatlarini jamoatchilikka yetkazdi.
Viloyat IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari B.Inoqov, mahalla faollari bunday
salbiy va nohush holatlarning oldini olishda keng jamoatchilik vakillarini rolini
oshirish, oila turmush doirasidagi kelishmovchiliklarga barham berish, ular o‘rtasida
mehr-oqibatni kuchaytirish maqsadida, mahalladagi fuqarolar bilan suhbatlashish
zarurligini, qolaversa, fuqarolarning jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya
etib, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, foydali mashg‘ulot bilan o‘tkazishini
nazorat qilish zarurligi mahalla faollariga tushuntirildi.
Muhokama yig‘ilishida
tuman hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan
tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berilib, ijrosi nazoratga
olindi.