Denov tumanida sodir etilgan o'g'irlik fosh etildi
Denov tumanida 2021 yil 27 avgust kuni, tumanning "Nuriston" mahallasida yashovchi, S.Baxrom tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 24 avgust kuni soat 15.00 larda, uyining oldidagi ko'chaga bog'lab qo'yilgan 2.200.000 (ikki million ikki yuz ming) so'mlik 1 bosh buzog'ini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini bildirgan. Bundan tashqari, 26 avgust kuni, tumanning "Bahoriston" mahallasida yashovchi, X.Shoxnur ham tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 21.00 larda, tumanning "nurli manzil" mahallasi hududida joylashgan futbol maydoni oldida turgan Neksiya rusumli avtoulovi salonidan 800.000 (sakkiz yuz ming) so'mlik antiradar va 900.000 (to'qqiz yuz ming) so'mlik videoregistratorini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchilar, M.Musurmon, Q.Amir va X.Sanjarlar sodir etishganligi aniqlangan. 28 avgust kuni M.Musurmon, Q.Amir va X.Sanjarlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati