3 Oktyabr 2025 yil 47

Denov tumanida erta turmush va erta tug‘ruq holatlarining oldini olish masalasida ochiq muloqot o‘tkazildi

Denov tumanida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Dilorom Xudoyberganova hamda Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari O‘raltosh Eshimova ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, erta turmushga chiqish va erta tug‘ruq holatlarining oldini olish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Mazkur tadbirda mahalla xotin-qizlar faollari, shuningdek, nuroniy onaxonlar faol ishtirok etdilar.

Muloqot jarayonida erta turmush va erta tug‘ruqning yoshlar salomatligi, oila barqarorligi hamda jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sirlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, qonunchilikda belgilangan talab va me’yorlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oilani mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar keng yoritildi.

Tadbir yakunida xotin-qizlar va nuroniylar yoshlarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularning bilim olishi va hayotga to‘g‘ri yo‘naltirishda jamoatchilik va mas’ul idoralar hamkorligini kuchaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Text to speech