27 Dekabr 2021 yil 507

Denov tumanida, qo'y o'g'risi qo'lga olindi

Denov tumanida 2021 yil 3 dekabr kuni, tumanning "Elobod" mahallasida yashovchi, X.Xolmat (ism shariflar o'zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 10 oktyabr kuniga o'tar kechasi, molxonasidan 1.600.000 (bir million olti yuz ming) so'mlik 2 bosh qo'ylarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Bundan tashqari, shu mahallada yashovchi, M.Mansur "102"ga qilgan murojaat qilib, unda 10 oktabr kuniga o'tar kechasi, molxonasidan 6.300.000 (olti million uch yuz ming) so'mlik 6 bosh qo'ylarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni, Denov tumanida yashovchi, O.Odilbek sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 14 dekabr kuni O.Odilbekka nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech