Denov tumanida Probatsiya guruhi hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Surxondaryo
viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi
boshlig‘i podpolkovnik E.A.Nurullaev hamda Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i podpolkovnik Sh.A.Narmuratovlar Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi
xizmati Probatsiya guruhi hisobida turgan hamda “Otaliqqa olingan” yoshlar
bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya
to‘g‘risida”gi 2024 yil 7 avgust kunidagi O‘RQ № 938-qonuni mazmun mohiyatini
tushuntirib, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan
imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, qayta jinoyat sodir etmasligi
tushuntirildi.
Shuningdek
uchrashuv davomida, ularning muammolari o‘rganilib, aniqlangan muammolarni
bartaraf etish yuzasidan xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tegishli Sudlar
tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga qo‘yilgan cheklovlar va majburiyatlarni
to‘liq o‘tashi, ahloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni
ishga joylashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha masu’llarga topshiriqlar
berildi.