21 Avgust 2024 yil 288

Denov tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida Inson qadri uchun tamoyili asosida 31 nafar fuqaro muddatidan oldin ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Abdullaevning 2024 yil 23 iyul kunidagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan joriy yilning 23 iyuldan 23 avgustiga qadar respublika hududida keng qamrovli "Probatsiya oyligi" o‘tkazilishi belgilangan.

Probatsiya oyligi davomida, Denov tumani JIB sudi tomonidan Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan, 31 nafar shaxs tomonidan o‘talmay qolgan jazo muddatlari muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

2 nafar nazorat ostidagi shaxslar sud tomonidan belgilab berilgan cheklov va majburiyatlarni bajarmaganligi sababli, o‘tab kelayotgan ozodlikni cheklash jazosini ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.

Text to speech