29 May 2025 yil
767
Denov tumanida, Probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan “Qora dori” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Respublikamiz miqyosida joriy yilning 1 may kunidan 30 iyun kuniga kadar “Qora dori” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilayotganligi munosabati bilan bu tadbirda Denov tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari mayor Odil Jumaqulov va tuman IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Probatsiya bo‘linmasi boshlig‘i hamda xodimlari tomonidan Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘linmasi hisobida turgan giyohvandlik moddalari bilan jinoyat sodir etib, probatsiya hisobida turib axlok tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash jazolarini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida, ularga takroran jinoyat sodir etmasligi haqida profilaktik tushuntirishlar olib borilib, Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya boshqarmasi tomonidan yuborilgan bukletlar tarqatildi.