27 Iyul 2024 yil
364
Denov tumanida "Probatsiya oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Abdullaevning 2024 yil 23 iyul kunidagi
tegishli ko‘rsatmasiga asosan joriy yilning 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar
respublika hududida keng qamrovli "Probatsiya oyligi" o‘tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan mazkur belgilangan
oylik doirasida Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasining probatsiya guruhi tomonidan
"Hamkor" maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida probatsiya hisobida
turuvchi fuqarolarning ish va yashash joylari o‘rganilmoqda.
Shuningdek, probatsiya hisobida turuvchi shaxslar uchun
mehnat yarmarkalari tashkil etilib, sud cheklovlariga amal qilishi borasida ko‘rsatmalar
berilmoqda.