Denov tumanida otaliqqa olingan yoshlar “Zakovat intellektual” o‘yinida o‘zaro bellashishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga
asosan, joylarda ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida
“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, vatanparvarlik
va sport tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Denov tumanidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida
Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Denov tuman IIB huzuridagi
Tergov bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda “Zakovat
intellektual” o‘yini tashkil etildi.
Tashkil etilgan o‘yinda “Xolchayon”, “Zukkolar", “Epchillar”, “Adolat”, “Bilimdonlar”
jamoalari faol ishtirok etishdi.
O‘yin
yakuniga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Xolchayon jamoasi, 2 o‘rinni “Epchillar” jamoasi,
3 o‘rinni “Adolat” jamoalari egallashib, Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan
jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.