2 Iyun 2022 yil 376

Denov tumanida “Qora dori-2022” keng qamrovli profilaktik tadbiri davomida yana bir noqonuniy holatga chek qo‘yildi

2022 yilning 1 iyun kuni, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li va chegara hududlardagi tezkor bo‘linmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan Denov tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida, Denov tumanida yashovchi V.Valibekning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirilganda, yashash uyining molxonasi yonidagi tomorqasida 107 (bir yuz yetti) tup “Nasha” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanadi va xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech