Denov tumanida oilaviy nizolarni bartaraf etishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O‘roltosh Eshimova, viloyat sudi va Respublika «Nuroniy» jamg‘armasi vakillari, shuningdek, Denov tuman sudi raisi B. Mustafoev hamda tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirokida oilaviy nizolarning oldini olishga qaratilgan seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda
tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman IIB, mahalla faollari, imom-xatiblar,
nuroniylar hamda oqila ayollar harakati a’zolari ishtirok etishdi. Seminarda sudlarda
ko‘rilayotgan oilaviy nizolarning sabablari tahlil qilinib, muammolarni bartaraf
etish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida mas’ullar tomonidan sudlarda nizolashayotgan oilalar bilan individual tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga psixologik va huquqiy ko‘mak ko‘rsatildi.