21 Fevral 2024 yil 290

Denov tumanida “Obod va xavfsiz mahalla” profilaktik tadbiri olib borilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari boshchiligida Denov tumanida jinoyatni jilovlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida ishchi guruh shakllantirilib, ayni  kunlarda tuman prokuraturasi, IIB, Milliy gvardiya hamda FVV bo‘limi mas’ul xodimlari, profilaktika inspektorlari, PPX hamda boshqa sohaviy xizmatlardan tarkib topgan xodimlar tomonidan hududda kuchaytirilgan tartibda tungi va kunduzgi profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

O‘tkazilgan xizmat oldi yo‘riqnomada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish uchun xizmatni kuchaytirilgan tartibda tashkillashtirish yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.  Jamiyatda jinoyatlarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va barvaqt oldini olish muhimdir. Buning uchun mahallalarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan yettilik hamda keng jamoatchilikning ham ishtiroki zarur sanaladi. Shu bois har kunlik tungi profilaktik tadbirlar avvalida  mahallalardagi yettilik  vakillarining hamkorlikdagi vazifalari uqtirilib,  “ijtimoiy profilaktika" tizimi asosida mahalladagi muammolarni “mahallabay”, “sohabay” va “oilabay”, hatto “fuqarobay” aniqlab choralar belgilash lozimligi aytilmoqda. 38 ta yo‘nalish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh 17 ta hududda  profilaktik tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Profilaktika inspektorlari tomonidan “Qalkon” jamoasi bilan birgalikda ijarada yashovchi talabalarning sharoitlari o‘rganilib, xonadon  egalari  bilan  profilaktik suhbatlar ham olib borilayotir. Mas’ullar shuningdek, nazorat ostidagi shaxslarning sud tomonidan belgilangan ta’qiq va cheklovlarga amal qilishini ham nazoratga olib, “tig‘” tadbiri ham o‘tkazildi.

Denov tumanida “Profilaktik tadbir”lar davom etmoqda.

Text to speech