26 Fevral 2022 yil 723

Denov tumanida, noqonuniy diniy ta'limot berib kelayotgan shaxs aniqlandi

2022 yilning 12 fevral kuni, viloyat IIB Terrorizm va ekstemizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Denov tumani IIB Terrorizm va ekstemizmga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Denov tumanida yashovchi, K.Jumanazar (ism shariflar o'zgartirilgan) 2022 yilning yanvar oyidan boshlab yashash xonadonida mahallasida yashovchi besh nafar voyaga etmagan shaxslarga "hujra" sharoitida diniy adabiyotlardan foydalangan holda noqonuniy diniy ta'lim berib kelayotganligi aniqlanib, K.Jumanazardan diniy adabiyotlar xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech