Denov tumanida “Milliy taomlar sayli” va “Sina turizm qishlog‘i”ning ochilish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va horijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 135-sonli qarori ijrosi yuzasidan Denov tumanida “Milliy taomlar sayli” va “Sina turizm qishlog‘i”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda turizm sohasiga aloqador barcha mutasaddi idoralar, mahalliy
sayyohlar va Hindiston, Fransiya, Belgiya, qo‘shni Afg‘oniston va Tojikiston Respublikasidan
tashrif buyurgan horijiy mehmonlar ishtirok etishdi.
Tashrif buyurgan mehmonlarga viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tegishli ma’lumotlar berib o‘tildi.