27 Iyul 2024 yil 404

Denov tumanida “Mening mahallamda ajrimga yo‘l yo‘q” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Xabaringiz bor joriy yilning 6 iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimi hamda viloyat IIB boshlig‘i tomonidan Qo‘shma qaror tasdiqlangan bo‘lib, ushbu qo‘shma qarorda, “10 iyul kunidan 10 avgust kuniga qadar Nizolashayotgan oilalarni muammolarini hal qilish hamda kelib chiqqan nizolarni bartaraf etish yuzasidan joylarda turli profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, Denov tumanidagi mahallalarida viloyat hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z. Xidirova,  tuman oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Lutfullaeva,  Denov tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan G.Elmurodova, mahallaning faol ayollari, tumandagi oqila ayollar harakati a’zolari ishtirokida “Mening mahallamda ajrimga yo‘l yo‘q” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida oila turmush doirasida nizolashayotgan, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning ajrimlarini oldini olish, yoshlarni oila muqaddas dargoh g‘oyasi asosida tarbiyalash, erta turmush hamda qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohning salbiy oqibatlari, xotin-qizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga qarshi kurashish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, xotin-qizlar tomonidan arzimagan, kiyim-kechak, turli qimmatbaho taqinchoq yoki moddiyotlar uchun ro‘zg‘orda janjal chiqmarmasliklari muhim omillardan ekanligi ta’kidlab o‘tilib, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, sabrli bo‘lish, ro‘zg‘ordagi to‘qlikka ham yo‘qlikka ham qanoat qilish orqali oilani muqaddas ekanligi, ko‘cha ko‘yda ayollik iffatiga, hayosiga ega bo‘lishlari, turmushga chiqish arafasidagi qizlarni  mustaqil hayotga tayyorlash lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berib o‘tildi.

Text to speech