6 May 2023 yil 332

Denov tumanida “Ma’naviyat oyligi” doirasida, o‘quvchilar o‘rtasida seminar trening o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz» shiori ostida «Ma’naviyat oyligi»ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishiga asosan, Denov tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida muntazam dars qoldiruvchi voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan seminar trening o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi I.Abrorov, viloyat va tumandagi tegishli mas’ul idoralar rahbarlari hamda tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori va inspektor psixologlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus loyihasi doirasida musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlari, sport yo‘nalishidagi to‘garaklardan ko‘rgazmalar tashkil etildi.

Text to speech