1 Iyun 2022 yil
621
Denov tumanida ko‘p miqdordagi opiy giyohvandlik moddasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi va Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Giyohvandlik moddalarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘limi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Denov tumanida yashovchi “Bobo” ismli shaxs tuman hududida katta miqdorda giyohvandlik moddasining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanayotgani haqidagi ma’lumot asosida tezkor tadbir o‘tkazdi.
2022 yil 25 may kuni mazkur ma’lumot va “Qora dori-2022” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbiriga mijoz sifatida kirgan 2 nafar Vazirlik Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari 140 000$ (bir yuz qirq ming) AQSH dollari evaziga Imonov Bobosherdan (ism shariflar o‘zgartirilgan) 20 kg opiy giyohvandlik moddasini sotib olish uchun Denov tumanidagi kafelarning birida uchrashgan. Kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq o‘tkazilgan tadbirda Imonov Bobosherda 20 kg opiy giyohvandlik moddasi borligi va uni pulni ko‘rgach, ishonch hosil qilib, olib kelib berishini ma’lum qilgan.
B.Imonov 2022 yil 26-may kuni soat 03:30 larda Denov tumani hududida moddalarini yashash uyidan olib, belgilangan joyga kelayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ko‘lga olinib, 20 ta skotch o‘ramga maxsus qadoqlangan modda hodisa joyida kechiktirib bo‘lmas harakatlar o‘tkazish vaqtida ochib ko‘rilganda, qizg‘ish rangli o‘tkir hidli “Opiy” giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar ekani aniqlangan. Shundan so‘ng 20 dona o‘ramdagi giyohvandlik moddasi daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 26 may kuni Imomov Bobosherga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246 moddasi 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyat IIB Axborot xizmati