14 Avgust 2024 yil 266

Denov tumanida Xotin-qizlar ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Denov tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida, Markaz Psixologi F.Kidjaeva hamda Denov tuman IIB Jamoat xavfizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan G.Elmurodovalar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tazyiq va zo‘ravonlikka  uchragan xotin qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 354-sonli qarorining mazmun mohiyati hamda Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish maqsadiga qaratilgan “Hayot nima o‘zi? Bir dasta quvonch!” mavzusida targ‘ibot profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Tuman hududida istiqomat qilib kelayotgan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan va ularga “Himoya orderi” berilgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Mazkur xotin-qizlar o‘rtasida “Siz o‘z harakteringizni bilishni istaysizmi?” mavzusida harakter tempiramentini o‘zlashtirishiga oid so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Mazkur xotin-qizlarni hayotga moslashuvini ta’minlash borasida markaz psixologi F.Kidjaeva tomonidan psixologik “Do‘stlashamiz” treningi o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan xotin-qizlarga mutasaddilar tomonidan sovg‘alar ulashildi.

Shuningdek, oilalarida tinchlik-forovonlikni ta’minlashda  “Hayot qadriga yeting, sevimli mashg‘ulotlarga vaqt ajrating” mavzusida seminar terining mashg‘uloti ham o‘tkazildi.

Text to speech