24 Noyabr 2021 yil 457

Denov tumanida, giyohfurush qo'lga olindi

Denov tumanida 2021 yil 3 noyabr kuni soat 14:10 larda, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda bojxona xodimlari hamkorligida tumanning "Guliston" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor-tadbir davomida, tumanning "Rizq-Nasiba" mahallasida yashovchi, I.Istat (ism shariflar o'zgartirilgan) mijozga sof vazni 17.94 gramm "gashish" va 1.11 gramm "marixuana" giyohvandlik vositasini 700.000 (yetti yuz ming) so'mga sotayotgan vaqtda ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 4 noyabr kuni I.Istatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech