7 Iyun 2023 yil 377

Denov tumanida giyohfurush qo‘lga olindi

Denov tumanida 2023 yil 5 may kuni viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, kuzatuv ostiga olingan shu tumanda yashovchi, B.Bo‘ri (ism shariflar o‘zgartirilgan) to‘xtatib uning yoni tekshirib ko‘rilganida, cho‘ntagidan 1 gurgurt qutiga solingan, sof fazni 4,82 gr “Gashish” giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 10 may kuni B.Bo‘riga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech