3 Noyabr 2022 yil 369

Denov tumanida giyohfurush tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Denov tumanida 2022 yil 26 oktabr kuni soat 22.05 larda, Sariosiyo tumani IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tumanning “S.Olloyor” mahallasida, o‘tkazilgan tadbirda, shu tumanda yashovchi, S.Sirojiddin (ism shariflar o‘zgartirilgan) mijozga sof og‘irligi 2,44 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 300.000 (uch yuz ming) so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 27 oktabr kuni S.Sirojiddinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech