8 Oktyabr 2022 yil 369

Denov tumanida giyohfurush tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Denov tumanida 2022 yil 2 oktabr kuni viloyat IIB va tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tumanning “Sunbula” mahallasida yashovchi, X.Sadir (ism shariflar o‘zgartirilgan) mijozga 192 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasini jami 18.270.000 (o‘n sakkiz million ikki yuz yetmish ming) so‘mga sotib o‘tkazishga kelishib, ushbu “opiy” giyohvandlik vositasini yashash uyidan olib tumanning “Totuvlik” mahallasi hududidagi kelishilgan joyga yetib kelgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, uning ko‘rsatmasi bo‘yicha shu mahallada joylashgan tanishiga tegishli bo‘lgan novvoyxona xolislar ishtirokida tekshirilganida, mahalladoshi, D.Xasandan olingan  sof vazni 192 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan. 3 oktabr kuni X.Sadirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech