30 Iyul 2023 yil 363

Denov tumanida fuqaroning xonadonida giyohvand va psixotrop moddalar borligi fosh etildi

Denov tumanida 2023 yil 21 iyul kuni soat 20-40 larda, viloyat IIB Shimoliy mintaqaviy hudud va tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda olingan tezkor ma’lumotga asosan shu tumanda yashovchi O.Olimning (ism shariflar o‘zgartirilgan) yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklarida xolislar ishtirokida tintuv o‘tkazilganida, ushbu xonadondan sof vazni 27.44 gramm “Opiy” va sof vazni 370.76 gramm “Gashish” giyohvandlik vositalari hamda 181 dona “Regapen” kapsulasi, 24 dona 10 ml suyuqlikdagi idishda bo‘lgan “Tropikamid” psixotrop moddasi borligi aniqlanib hujjatlashtirib olingan. 22 iyul kuni O.Olimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech