8 Sentyabr 2022 yil 401

Denov tumanida fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularga huquqiy tushuntirishlar berildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash borasida, aholining murojaatlarini o‘rganish hamda ijobiy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.X.Ketmonov tomonidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari bo‘yicha fuqarolarni qabul qildi. Qabul davomida, 12 nafar fuqaroning qilgan murojaatlari qonuniy ko‘rib chiqilib, protsess ishtirokchilari va qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchilarning yaqin qarindoshlari bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida, fuqarolardan kelib tushgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Text to speech