31 Iyul 2023 yil 341

Denov tumanida fuqarolarni xorijiy davlatga ishlash uchun jo‘natishni va’da qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Oltinsoy tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan B.Bahodir (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda Denov tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan B.Jahongir Germaniya davlatiga ishga jo‘natishini va’da qilib, 2022 yil oktabr oyida, 4100 (to‘rt ming bir yuz) AQSh dollari olib, o‘zlashtirib ketganligini bildirgan. Bundan tashqari Oltinsoy tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan S.Sobirni B.Jahongir Kanada davlatiga ishga jo‘natishini va’da qilib, 2022 yil fevral oyida, 6250 (olti ming ikki yuz ellik) AQSh dollari olib, o‘zlashtirib ketganligi aniqlangan. 26 iyul kuni B.Jahongirga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech