23 Iyul 2025 yil 387

Denov tumanida fuqarolar xotirjamligi yo‘lida targ‘ibotlar olib borilmoqda

Mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda aholiga qo‘riqlash xizmati afzalliklarini yetkazish maqsadida, Denov tumanida Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi profilaktik tadbirlar olib borildi. Tumanning Dunyotepa, Buyuk ipak yo‘li  mahallalari hamda Dehqon (oziq-ovqat) bozori hududi va tadbirkorlik sub’ektlarida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida,  fuqarolarga qo‘riqlashning texnik vositalari, qo‘riqlash turlari va tartiblari, soha xodimlarining xizmat faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Ko‘rgazmali tarzda ob’ekt va xonadonlarga o‘rnatiladigan turli xavfsizlik vositalari namoyish etilib, aholiga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Text to speech