3 Oktyabr 2025 yil 62

Denov tumanida barkamol avlodni tarbiyalashda ota-onaning o‘rni mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

Denov tumani hokimligi hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi bo‘limi hamkorligida 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Erta turmush qurish va erta nikohning oldini olish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Denov tumani hokimining matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza To‘raeva hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Guljamol Elmurodova "Quyoshli yurt" mahallasida istiqomat qilayotgan onalar va buvilar ishtirokida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rishi masalalari yuzasidan yurtimizda olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, oilaning muqaddasligi va mustahkamligi, yoshlarning kelajagi hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli xabar va murojaatlar misolida inson qadri, qonun ustuvorligi, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularni turli zararli oqimlardan asrash bo‘yicha tushunchalar berildi.

Ushbu tadbir orqali yoshlar o‘rtasida erta turmush va nikohning oldini olish, ularning hayotda mustaqil qaror qabul qila oladigan, barkamol inson bo‘lib voyaga yetishiga zamin yaratish maqsad qilingan.

Text to speech