9 Mart 2022 yil
449
Denov tumani “Surxondiyor” mahallasida viloyat IIB Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i rahbarligida sayyor qabul o‘tkazildi.
“Surxondiyor” mahallasi Denov tumanining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, Uzun tumani bilan chegaradosh mahalla hisoblanadi. Hozirda mahalladagi xonadonlar soni 735 tani, oilalar soni 1053 tani, fuqarolar soni esa 4471 nafarni tashkil etadi. “Ayollar daftari”da 52 nafar, “Yoshlar daftari”da 61 nafar va “Temir daftar”da 5 nafar fuqarolar qolgan. Mahallada uzoq muddatga ketganlar 151 nafarni, muqaddam sudlanganlar esa 7 nafarni tashkil etadi.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan jami 21 ta murojaat kelib tushdi.
Xususan, Fuqaro Mamadaliyev Baxodir Surxondiyor mahallasi “Zafar” ko‘chasidagi 2 ta elektr sim yog‘ochi yaroqsiz bo‘lib, avariya holatiga kelib qolganligini ma’lum qildi. Ushbu holat o‘rganilgach, tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarimart oyining 3-choragida mahalladagi barcha sim yog‘ochlar, beton sim yog‘ochlar bilan almashtirish bo‘yicha dasturga tushganligini aytib o‘tdi.
Fuqaro Mamadaliyev Ma’ruf mahalla hududidan o‘tgan “Gulshan” ko‘chasiga maktab o‘quvchilari uchun svetafor va piyodalar yo‘lagini qurishni so‘rab murojaat qildi. Uning murojaatiga asosan tuman YHXB boshlig‘i va tuman yo‘l qurilish bo‘limiga ikki kun muddat ichida masalani o‘rganib chiqib tuman hokimiyatiga taklif bilan chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.
Shuningdek, mahalladagi 87-sonli maktabga qo‘shimcha bino qurish, “Oltin yer” ko‘chasini asfalt qilish, mahallaga qo‘shimcha transformator qo‘yish, bolalar nafaqa pulini olish, aliment pulini undirish va ishga kirishda ham ko‘mak so‘raldi. Ushbu murojaatlarning hammasi tinglanib, tegishli tashkilot rahbarlariga ushbu murojaatlarni tezda hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati