Denov tumani Sina qishlog‘ida Surxondaryoning “Milliy taomlar sayli” o‘tkazildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va horijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 135-sonli qarori ijrosi yuzasidan Denov tumanida “Milliy taomlar sayli” va “Sina turizm qishlogʼi”ning ochilish marosimi oʼtkazildi.
Ushbu tadbirda turizm sohasiga aloqador
barcha mutasaddi idoralar, xorijiy sayyohlar, viloyatimiz va respublikaning
turli hududlaridan tashrif buyurganlar — non, patir, somsa, tandir kabob,
go‘shtli osh kabi o‘zbek milliy taomlarining tayyorlanish jarayonini tomosha
qildilar va ularni tatib ko‘rib, yuqori baholadilar.
Tashrif buyurgan mehmonlarga viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan sayyohlar xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida kerakli maʼlumotlar berib oʼtildi.