Denov tumani Pedagogika va Tadbirkorlik instituti talabalari o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2024 yilning 17
may kuni Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish
markazi Jamoat xavfsizligi guruhi tashabbusi bilan Denov tumani Pedagogika va Tadbirkorlik instituti talabalari bilan “Yoshlar
orasida giyohvand va psixatrop moddalarni tarqalishini oldini olish, kiberjinoyatchilikka
qarshi kurashish va institut talabalari orasida sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyati
muhokamasi”ga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Boshqarma
Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi Jamoat xavfizligi
guruhi bosh inspektori podpolkovnik A.Yakubov, Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari, institut profilaktika inspektori mayor O.Toshtemirovlar
va institut rahbariyati va talabalar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida,
ma’ruzachilar Yoshlar orasida giyohvand va
psixatrop moddalarni tarqalishini oldini olish borasidagi keng ko‘lamli chora-tadbirlar
olib borilishiga qaramasdan yoshlar ushbu jirkanch illat qurboniga turli yo‘llar
bilan kirib qolayotganligi oqibatida jabrlanib qolayotganligi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali kiber o‘g‘rilik va firibgarlik
jinoyatlarining turli yolg‘on xabarlariga chuv tushib qolmaslik yuzasidan tavsiyalar
berildi.
Shu bilan birga
ta’lim dargohida sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyatning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari
haqida batafsil ma’lumotlar berilib, kelgusida bu kabi jinoyat qurboniga aylinib
qolishning oldini olish maqsadiga qaratilgan profilaktik tushuntirishlar olib borildi.
Mavzu yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan
savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.