3 Avgust 2023 yil 178

Denov tumani IIBda “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti!” shiori ostida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida joriy yilning 25 iyul kunidan 25 avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan viloyat IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarning ma’naviy dunyo qarashlarini yanada shakllantirish, ularni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, jasur va mard qilib tarbiyalash, ona-Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayni kunlarda o‘tkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va Ichki ishlar faxriylari bilan “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi. Tashkil etilgan uchrashuvda ustoz faxriylar o‘zlari xizmat qilgan davr bilan hozirgi davrda xizmat qilishdagi shart-sharoitlar haqida fikrlarini bayon etib, o‘zlarining o‘gitlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir so‘ngida, o‘z xizmat vazifasiga sadoqat bilan yondoshib, xizmatdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari oylik doirasida “xavf guruhi” ruyxatiga olingan ichki ishlar organlari xodimlari bilan xizmat intizomi va qonunbuzilish holatlarining oldini olish borasida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Text to speech