1 Avgust 2024 yil 330

Denov tumani IIBda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari huzurida “Probatsiya oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Abdullaevning 2024 yil 23 iyul kunidagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan joriy yilning 23 iyuldan 23 avgustiga qadar respublika hududida keng qamrovli "Probatsiya oyligi" o‘tkazilishi belgilangan.

Probatsiya oyligi davomida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Inoqov huzurida Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi tomonidan “Probatsiya oyligi” davomida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokama davomida sohaviy xizmat xodimlari va barcha profilaktika inspektorlari o‘z xizmat hududlarida probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarni sud tomonidan belgilab berilgan cheklovlar va taqiqlarga amal qilishini nazorat qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech