22 Sentyabr 2022 yil 237

Denov tumani IIBda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan sportning “Milliy kurash” turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida Shimoliy mintaqa hudud Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning “Milliy kurash” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqa murosasiz kurashlarga boy, keskin ruhda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘lgan hamda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodim va xodimalar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.

Text to speech