11 Yanvar 2025 yil 580

Denov tumani IIBda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning Milliy kurash turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda 14-yanvar “Vatan ximoyachilari kuni” bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqorida saviyada o‘tkazish maqsadida, joriy yilning 10 yanvar kuni Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha musoboqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musoboqa yakuniga ko‘ra,  Denov tumani IIB 1-son IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika katta inspektori podpolkovnik Shuxrat Bekmuratov faxrli birinchi o‘rinni, Denov tumani IIB 3-son IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika katta inspektori kapitan Sherzod To‘raev faxrli ikkinchi o‘rinni, Denov tumani IIB 2-son IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori katta leytenant Jasurbek Nurov faxrli uchinchi o‘rinni egallab diplom, mebel va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida bu kabi sport musoboqalari va madaniy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.

Text to speech