29 Avgust 2022 yil 370

Denov tumani IIB shaxsiy tarkibi “Al-Hakim At-Termiziy” nomidagi davlat muzeyiga sayohat uyushtirishdi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 03 avgust kunidagi tegishli Farmoyishiga asosan “Vatanga va Xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” davomida, Surxondaryo viloyati IIB shimoliy mintaqaviy hudud Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan "Ma’naviyat marshruti" doirasida, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, Termiz tumanidagi “Al-Hakim At-Termiziy” nomidagi davlat muzeylariga sayohat uyushtirildi. Ushbu muzeyga qilingan sayohat davomida, ichki ishlar organlari xodimlari boy ma’naviy-ma’rifiy tariximiz va o‘tmishimiz bilan yaqindan tanishishdi.

Text to speech