Denov tumani IIB xodimlari hamda ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qudrat Samandarov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida 2024 yilning 20 noyabr kunidan 30
dekabr kuniga qadar xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan
“Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida mavjud kuch vositalardan oqilona
foydalangan holda ichki ishlar organlarida “temir intizom”ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni
ta’minlash borasidagi natijalarni yaxshilash, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga
qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini
oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga
kelib ketishi, avtoreyd o‘tkazish, yashash sharoitlarini o‘rganib ijtimoiy himoyaga
muxtoj xodimlarni aniqlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi yuzasidan
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan ma’ruza qilindi.
Shundan so‘ng
yig‘ilishda xodimlarning kasbiga bo‘lgan sadoqatini, mas’uliyatini oshirish ham
kelgusida xodimlar bilan bog‘liq sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni
oldini olish maqsadida, joriy yilning ikkinchi yarmida viloyat IIB xodimlari ishtirokida
sodir etilgan holatlar aks etgan “Hiyonat va halollik”
nomli video rolik namoyish etilib, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin
bo‘lgan qonunbuzilishlarni oldini olishga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari,
Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga
qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan joriy yilning 29 noyabr kuni qabul qilingan O‘RQ-1008-son
qonunining mazmun mohiyati hamda ush qonun bilan 2016 yil 16 sentyabdagi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek,
yig‘ilish so‘ngida xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib, xizmat
faoliti davomida namuna ko‘rsatib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga viloyat
IIB boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yig‘ilish so‘ngida mukofotlangan xodimlarning ota-onalari tomonidan mazkur uchrashuvni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatiga tashakkur bildirildi.