10 Iyul 2024 yil
335
Denov tumani IIB xodimlari uchun sayyohat tashkil etildi.
Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ma’naviyat marshruti
doirasida, “Al-Hakim At-Termiziy”, “Qirq qiz”, "Sulton Saodat" ziyoratgohlari,
“Sobir Termiziy” nomidagi Axborot Kutubxonasi, “Shahidlar maydoni” hamda Arxeologiya
muzeylariga olib borildi.
Ushbu tadbirlarni
o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad,
ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida vatanparvarlik
ruhini yanada shakllantirish, o‘tmish- tarixga bo‘lgan tasavvurlarini yanada boyitish, ota- bobolarimizdan qolgan meros va qadriyatlarni avaylab asrashga qaratilgandir.