23 Aprel 2024 yil
625
Denov tumani IIB xodimlariga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida korrupsiya va ta’magirlik holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi tomonidan 2024 yil 15 aprel kuni tizimda "Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb
10 kunligi" e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan Denov tumani Ichki
ishlar boshqarmasi sohaviy xizmat
rahbarlari va shaxsiy tarkibi o‘rtasida
xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xodimlar tomonidan korrupsiya
va ta’magirlik holatlarining sodir etilishini oldini olish yuzasidan uchrashuv tashkil
qilinib, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Inoqov hamda
tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari M.Saidovlar tomonidan xodimlarga kelgusida xizmat
intizomiga qat’iy amal qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiya va ta’magirlik
holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ishlar organi xodimiga xos fazilatlarni mustahkam
saqlash bo‘yicha aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, uchrashuv davomida
xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishga xizmat qiluvchi bukletlar
tarqatildi.
"Korrupsiyaga qarshi
kurashish dolzarb 10 kunligi" Surxondaryo viloyati hududida izchillik bilan
davom etmoqda.