Denov tumani IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan IIB xodimlari Said Otaliq me’moriy qadamjosida bo‘lishdi.
Asrlar davomida ma’rifat maskani sifatida xizmat qilib kelgan Said Otaliq madrasasi XVI asrda Xo‘ja Alouddin Attorga atab bunyod etilgan.
Ul zot xalq orasida Shayx Attori Valiy nomi bilan mashhur bo‘lgan. Alouddin Attor Bahouddin Naqshbandiyning kuyovi bo‘lib, tariqat ta’limotini keng yoyish uchun Denovga ko‘chib kelgan.
Madrasa u zotning o‘g‘illari va nevaralari tomonidan 26 yil davomida qurilgan. Manbalarda aytilishicha, Hazrat Xoja Alouddin Attor naqshbandiya tariqatining ulug‘ piri, avliyo, “Silsilai sharif”da o‘n yettinchi halqadagi murshid, alloma bo‘lgan. Asl ismlari Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy bo‘lib, “Attor” deyilishlariga sabab ul zoti sharifdan hamisha xushbo‘y hid taralib turgan.
Hazrat Bahouddin vafot etgach, Hazrat Alouddin Attor o‘z zamondoshlariga ta’lim bergan. Ul zot ilmi, odobi, tarbiyasi, xulqi bilan ustozining duosiga sazovor bo‘lgan. Tasavvuf ilmini keng yoyish uchun oilasi bilan Denovdagi bir xonaqohda muridlariga ta’lim-tarbiya bergan. Hazrat milodiy 1400 yilda vafot etgan. O‘ziga xos loyiha asosida bunyod etilgan madrasa ilm-ma’rifat maskani sifatida dong taratgan.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazish orqali milliy iftixor g‘ururini shakllantirish, ajdodlarimizning ijodiy-madaniy meroslarini o‘rganish va kelajak avlodga yetkazishdir.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati