24 Avgust 2024 yil 206

Denov tumani IIB boshdig‘ining birinchi o‘rinbosari tumandagi “Probatsiya guruhi” hisobida turgan hamda otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  mayor J.Aliev tomonidan Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida turgan hamda “Otaliqqa olingan” yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi 2024 yil 7 avgust kunidagi O‘RQ № 938-qonuni mazmun mohiyatini tushuntirib, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, qayta jinoyat sodir etmasligi tushuntirildi.

Shuningdek uchrashuv davomida, Probatsiya guruhi hisobida turgan hamda “Otaliqqa olingan” yoshlarning muammolarini o‘rganib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sudlar tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga qo‘yilgan cheklov hamda majburiyatlarni to‘liq o‘tashlari, ahloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni foydali mehnatga jalb qilish, ularni ishga joylashtirish choralari ko‘rildi.

Text to speech