15 Yanvar 2025 yil 813

Denov tumani IIB binosida Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 2024 yilning 12 oy davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2024 yilning 12 oyi davomida Denov tumani hududida kriminogen vaziyatni nazorat qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, ochilmasdan qolgan jinoyatlarni fosh etish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar va kelgusidagi istiqbolli vazifalar yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Inoqov huzurida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik Elbek Nurullaev ham ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida, tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan tuman IIB boshlig‘i birinchi o‘rinbosarining axboroti tinglandi. Keltirilgan axborotda ish ko‘rsatkichi past bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati tanqidiy-tahlil qilindi.

Shuningdek, xodimlarga fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, korrupsion holatlarni oldini olish va jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish jarayonida shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari lozimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech