18 Iyul 2022 yil 397

Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasida “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda viloyat IIB mas’ullari, tuman IIB rahbariyati, yosh xodimlar va nafaqadagi xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda, Surxondaryo viloyati IIB faxriylar kengashi raisi,  iste’fodagi podpolkovnik Akrom Sharofiddinov so‘nggi yillarda mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohani aholiga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatadigan, professional tizimga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritib o‘tdi.

“Uch avlod” vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida so‘z olgan ishtirokchilar, ichki ishlar tizimining tarixi, buguni va kelajagi haqidagi mulohazali fikrlari bugungi kunda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech