Denov tumanda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ajrim sabablari muhokama qilindi
Denov tuman hokimligi, tuman adliya bo‘limi, tuman IIB, Musulmonlar idorasi tuman bo‘limi, fuqarolik va jinoyat sudi va mahalla va nuroniylar bo‘limi hamkorligida tumandagi 1-sektor hududida 6 ta oilaning ajrim holatlarining oldini olish yuzasidan muhokama tashkil qilindi.
“Tasmasoy” mahallasida yashovchi M.Salomova va O‘.Abdusalomovlarninng hamda “Chorgul” mahallasida yashovchi N.Zoirov va “Sebzor” mahallasida yashovchi K.Melikmurodovaning oilalaridagi ajrim sabab va muammolari chuqur o‘rganilib, ular bir birlari bilan yarashtirildi. Bundan tashqari “Navbahor” mahallasidan B.Qaynarov va M.Abduraimova, “Katta qarshi” mahallasidan O.Otamurodov va N.Toshmurodovalar, “Yangihayot” mahallasidan Sh.Sharipova va G‘.Mirzaev, “Buyuk zamin” mahallasida X.Niyozova va uning qaynonasi Z.Raxmatovalarning o‘zaro oilaviy arazlashib yurishlariga chek qo‘yilib, ularning ham oilalari yarashtirildi.
Muhokamada, moddiy-ijtimoiy, oilada uchrab turadigan muammolar oilalarning ajralib ketishiga sabab bo‘la olmasligi, oilada er-xotin bir birlari bilan mehr-oqibatli yashashlari, farzand tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishlari va boshqa bir qator masalalar tushuntirildi.